Pythonda bir qatorda yozish

Saqlab olindi !

Pythonda bir qatorda yozish

Python tilining imkoniyatlari kodni chiroyli yozish imkonini beradi. Ushbu maqola ayrim tez tez uchraydigan dasturdagi vazifalarni bitta satrda qanday yozishni ko'rib chiqadi. Biroq, haddan tashqari qisqartirish kodingizning (tushunarsiz) yomon o'qilishiga olib kelishi mumkin, shuningdek, kodingizni sizdan keyin davom ettirishi yoki tushinishga harakat qilayotgan odam uchun bu juda yoqimsiz holat. Shuning uchun bir qatorda yozishlardan oqilona foydalaning.


"if - then - else" konstruksiyasi

Uni ikki hil usulda yozish mumkin;

if season == 'yoz':
    weather = 'issiq'
else:
    weather = 'sovuq'

1-variant.

Sintaksis: { agar shart rost bo'lsa bajarilishi kerak bo'lgan amal } if { shart } else { shart noto'g'ri bo'lsa qilinishi bo'lgan harakat }

weather = 'issiq' if season == 'yoz' else 'sovuq'

2-variant.

(agar shart rost bo'lsa ama, agar shart yo'lg'on bo'lsa ama)[shart]

weather = ('issiq', 'sovuq')[season == 'yoz']

2. list comprehension - ro'yhat generatorlari

0 dan 10 gacha bo'lgan sonlar ichidagi juftlarini kvadratlarini olish uchun

v = []
for x in range(11):
    if x % 2 == 0:
        v.append(x*x)

Yanada qisqaroq usuli quyidagicha;

sqr = [x*x for x in range(11) if x % 2 == 0]

Ikkala kod ham [0, 4, 16, 36, 64, 100] ni natija sifatida qayataradi.


3. Lambda funktsiyalar

Ro'yhatdagi har bir elementni o'ziga qo'shish uchun :

numbers = [1, 2, 3, 4, 5]
for i in range(len(numbers)):
    numbers[i] += numbers[i]

Qisqa variant esa mana bunday ;

numbers = [1, 2, 3, 4, 5]
numbers = list(map(lambda x: x+x, numbers))

Ikkala natija ham  [2, 4, 6, 8, 10] ga teng.


4. O'zgaruvchilarni qiymatlarini almashtirish

X hamda Y o'zgaruvchilarini qiymatlarini o'zaro almashtirish uchun bizda ikita usul bor.

1-usul bu vaqtinchalik o'zgaruvchidan foydalangan holatda qiymatlarni almashtirish 2-usul uchun esa vaqtinchalik o'zgaruvchi ham kerak emas.

tmp = x
x = y
y = tmp
x = x + y
y = x - y
x = x - y

Bizning variant:

x, y = y, x

+23

๐Ÿ‘

+16

โค

+15

๐Ÿ˜Ž

+5

๐Ÿ’ฅ

+5

๐Ÿ‘ฝ

+4

๐Ÿ˜

+4

๐Ÿ‘Ž

Maqola teglari

Python Dasturlash Back-End Foydali Dasturlash tili
Abdurahmon Rashidov Python 1072
Facebook Telegram

Bu haftada ko'p o'qildi

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

54039 1321
Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

7437 166
Kesh xotira nima va uning vazifalari

Kesh xotira nima va uning vazifalari

7262 525

Mavzuga oid

Har bir Python dasturchi bilishi kerak bo'lgan 50 ta kutubxona

Har bir Python dasturchi bilishi kerak bo'lgan 50 ta kutubxona

37 0
Python'da virtual environment va pip: loyihani to'g'ri sozlash

Python'da virtual environment va pip: loyihani to'g'ri sozlash

96 2
Python'da dictionary (lug'at) bilan ishlash

Python'da dictionary (lug'at) bilan ishlash

123 4